AQSH husiylar harakatini qayta terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi

Olam

image
Bayden husiylarni “terrorchi guruh” deb hisoblashini aytdi north_east

Bayden husiylarni “terrorchi guruh” deb hisoblashini aytdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Yamandagi husiylar harakatini biroz tanaffusdan so‘ng yana terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda jurnalistlar uchun o‘tkazilgan maxsus brifingda Amerika ma’muriyatining yuqori martabali vakili ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab ogohlantirishlar va diplomatik sa’y-harakatlarga qaramay, husiylarning hujumlari to‘xtamagan. Ushbu davom etayotgan va kuchayib borayotgan agressiyaga javoban Qo‘shma Shtatlar husiylarni terrorchi tashkilot sifatida belgilagan. 

"Tadbirlar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylarning Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida davom etayotgan hujumlari tufayli ko‘rildi. Ushbu hujumlar terrorizm namunasidir, ular xalqaro huquqni buzadi, hayotga, global savdoga jiddiy xavf tug‘diradi va gumanitar yordam yetkazilishini to‘sadi. Qo‘shma Shtatlar o‘z harakatlari bilan husiylarga bosim o‘tkazishga umid qilmoqda, bu eskalatsiyani pasaytirish va ularning xatti-harakatlarini yaxshi tomonga o‘zgartirish maqsadini ko‘zlaydi. Agar husiylar shartlarimizga ko‘nsa, biz ularni ro‘yxatdan chiqarish haqida o‘ylashimiz mumkin", deydi u.

Ma’muriyat matbuot kotibi qaror 30 kundan keyin kuchga kirishini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu Yamanning tinch aholisi cheklovlardan aziyat chekmasligi uchun mamlakatga gumanitar yordam yetkazish mexanizmlarini yaratish uchun zarur. 

“Xususan, Yamanga dengiz orqali oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berish sanksiyalardan chiqariladi. AQSH Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi bunday yuk tashish, portlar, aeroportlar va telekommunikatsiyalar bilan bog‘liq operatsiyalar va jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga ruxsat beruvchi beshta umumiy litsenziya beradi”, deydi rasmiy.

Yaman hukumati AQSHning husiylar harakatini “xorijiy terrorchi tashkilot” ro‘yxatiga kiritish qarorini olqishladi. Rasmiy bayonotda AQSHning qarori Yaman hukumati qaroriga to‘g‘ri kelishi ta’kidlangan.

“AQSHning ushbu qarori Yaman hukumatining xalqaro hamjamiyatni Yaman xalqini ushbu terroristlarning zulmidan himoya qilish uchun jiddiy qadamlar qo‘yishga qaratilgan doimiy chaqirig‘iga javobdir", deyiladi rasmiy xabarda.

Bayonotda husiylar “terrorchilik harakatlarini bas qilishga, Eronga sodiqlikdan voz kechishga, shuningdek, Yaman hamda butun mintaqa xavfsizligi va barqarorligini saqlashga qaratilgan tinchlik tashabbuslarini qabul qilishga” chaqiriladi.

Ma’lumot uchun, Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Trampning ma’muriyati husiylar harakatini terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritgan. Biroq hokimiyatga Jo Bayden kelgach, ular ushbu ro‘yxatdan chiqarilgan. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken o‘shanda bu qaror gumanitar sabablarga ko‘ra qabul qilinganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing