AQSH hukumati Google'ni sudga berdi

Olam

image

AQSH hukumati Google kompaniyasiga qarshi sudga murojaat qildi. Bu haqda  VVS xabar berdi.

Vashingtonda boshlangan sud jarayoni taxminan 10 hafta davom etishi kutilmoqda.

AQSH rasmiylari Google kompaniyasini o‘z vakolati va mavqeini suiiste’mol qilishda va raqobatni bo‘g‘ib, Apple va Samsung kabi yetakchi texnologiya kompaniyalariga o‘z shartlarini qo‘yish orqali internet qidiruv tizimlari bozorida hukmronlik qilishda ayblayapti.

Talabga ko‘ra, ular katta xarajatlarga qaramay, Google qidiruv tizimini o‘z qurilmalariga o‘rnatishlari kerak.

AQSH Adliya vazirligi ushbu da’voni tayyorlash uchun uch yil vaqt sarfladi va Google o‘z huquqlarini himoya qilish uchun millionlab dollar evaziga uchta tajribali yuridik firmalarni yollagan.

Kompaniya eng yaxshi qidiruv tizimi sifatida bozorda hukmronlik qilayotganini isbotlamoqchi.

Google'ga qarshi da’vo – Vashingtondagi ko‘p millatli gigant kompaniyalar va rasmiylar o‘rtasidagi ziddiyatlardan biridir.

"Bu ushbu kompaniyalar dunyo aholisining kundalik hayotiga qanchalik chuqur kirib borayotgani va ular milliy xavfsizlikdan tortib, fuqarolarning shaxsiy hayotini himoya qilishgacha bo‘lgan barcha sohalarda yetakchilik qilayotganini ko‘rsatadi. AQSH rasmiylari yuz yildan ortiq vaqtdan beri monopoliyaga qarshi kurashib kelmoqda, chunki iste’molchilar, ya’ni fuqarolar va saylovchilar huquqlarini himoya qilish muhim ahamiyatga ega", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Google

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing