AQSH hududiy yaxlitlik vajida kimni qo‘llamoqchi: Ozarbayjonnimi yoki Armanistonni?

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi gumanitar vaziyatdan chuqur xavotir bildirdi va insonparvarlik tashkilotlarining yordamga muhtoj odamlarga to‘siqsiz kirishi zarurligini ta’kidladi. U bu haqda kecha, 22 sentyabr kuni Nyu-Yorkdagi matbuot anjumanida so‘z ochdi. 

Blinken (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ muammosi kontekstida Vashington kuch ishlatishni nomaqbul deb hisoblashi, chunki bu Armaniston va Ozarbayjon hamda Qo‘shma Shtatlar tomonidan olib borilayotgan tinchlik sa’y-harakatlariga zid kelishini aytdi. 

Jurnalistlardan biri Blinkenga yaqinda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali suhbatida Qo‘shma Shtatlar Armanistonning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytganini eslatdi. 

“Qo‘shma Shtatlar Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini, jumladan (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘da ham tiklash huquqini tan oladimi?” deb so‘radi jurnalist. 

Bunga javoban Blinken shu hafta ham Bosh vazir Pashinyan, ham Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan gaplashganini va bu suhbatlarda AQSHning so‘nggi voqealar, xususan, Ozarbayjonning harbiy harakatlaridan chuqur xavotir bildirganini aytdi. 

“Biz kuch ishlatish qabul qilib bo‘lmaydigan va mintaqada adolatli va munosib tinchlikka erishish uchun biz va, eng muhimi, har ikki davlat amalga oshirayotgan sa’y-harakatlarga zid ekanini ochiq aytmoqchimiz.

Bu Ozarbayjon va Armaniston manfaatlariga aniq javob beradigan narsa. Har ikki davlat ham bunga sarmoya kiritgan... Va biz Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda buni qo‘llab-quvvatlaymiz. Shunday tariqa, biz o‘tgan hafta guvohi bo‘lgan harakatlar bular oldida puchga aylanadi. Biz intilayotgan adolatli va mustahkam tinchlik ikkala davlat va mintaqa uchun katta ne’mat bo‘lardi va menimcha, 30 yillik to‘qnashuvlardan so‘ng tarix rivojini yaxshi tomonga o‘zgartiradi”, deydi Blinken. 

U, shuningdek, (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi gumanitar vaziyatdan chuqur xavotir bildirdi va insonparvarlik tashkilotlarining muhtoj odamlarga to‘siqsiz kirishi zarurligini qayd etdi.

“So‘nggi 24 soat ichida Baku ishtirokida, Tog‘li Qorabog‘dagi etnik armanlar vakillari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muloqot, muzokaralar, diplomatiyaga qaytish – biz aynan mana shu yo‘lni boshqarmoqchimiz.

Suverenite, hududiy yaxlitlik va mustaqillik nuqtai nazaridan biz barcha manfaatdor tomonlar uchun ushbu qoidalarni qo‘llab-quvvatlaymiz”, deydi Blinken.

Eslatib o‘tamiz, 19 sentyabr kuni (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘da vaziyatning yana keskinlashuvi yuz berdi. Baku "mahalliy aksilterror choralari" boshlanganini e’lon qildi va arman harbiylarini mintaqadan olib chiqib ketishni talab qildi. Yerevan Qorabog‘da arman qurolli kuchlari yo‘qligini ta’kidlab, sodir bo‘layotgan voqealarni “keng ko‘lamli tajovuz” deb atadi. Rossiya mojaro tomonlarini qon to‘kilishini to‘xtatib, diplomatik kelishuvga qaytishga chaqirdi. 20 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Rossiya tinchlikparvar kontingenti ishtirokida Qorabog‘da aksilterror tadbirlarini to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ozarbayjon-Armaniston Qorabog' Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing