AQSH hindu bolalarga zo‘ravonlik qilinganini tan oldi
Olam
−
12 may 2022
9636Amerika rasmiylari hindular va Qo‘shma Shtatlarning boshqa tub xalqlarining farzandlariga mamlakatdagi federal maktab-internatlarda o‘nlab yillar davomida zo‘ravonlik qilinganini tan oldi. Tegishli hisobot AQSH Ichki ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, gap Amerika rasmiylarining ushbu xalqlarni madaniy jihatdan assimilyatsiya qilishga urinishlari haqida ketmoqda. Ta’kidlanishicha, bolalar qarindoshlaridan ajratilib, ixtisoslashtirilgan muassasalarga majburan joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, 1819 yildan 1969 yilgacha hindu maktab-internatlarining federal tizimi 408 tadan iborat bo‘lgan. Ushbu muassasalarning aksariyatida bolalarga g‘amxo‘rlik yetarli bo‘lmagan.
“Hindu maktab-internatlarida keng tarqalgan jismoniy, jinsiy va hissiy zo‘ravonlik, kasallik, to‘yib ovqatlanmaslik, odamlarning ko‘pligi va tibbiy yordamning yetishmasligi batafsil hujjatlashtirilgan. Tekshiruvda tizimdagi taxminan 53 ta turli maktabda belgilangan yoki belgilanmagan dafn etilgan joylar aniqlandi. Vazirlik tergov davomida aniqlangan dafn etilgan joylar soni ortib borishini kutmoqda”, deyiladi hujjatda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, “dastlabki tahlillarga ko‘ra, taxminan 19 ta federal maktab-internatlar 500 dan ortiq amerikalik hindu, Alyaska va Gavayining tub aholisi bolalarining o‘limiga sabab bo‘lgan”.
“Tergov davom etar ekan, vazirlik o‘lganlar soni bo‘yicha taxminlarni oshishini kutmoqda”, deyilgan vazirlik xabarida.
LiveBarchasi