AQSH harbiy operatsiyalarida necha nafar tinch aholi halok bo‘lgani aytildi

Olam

image

Pentagonning ta’kidlashicha, 2019 yilda Qo‘shma Shtatlarning harbiy harakatlari oqibatida 132 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan va 91 kishi jarohat olgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Hisobotga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar terrorchilarga qarshi operatsiyalarni amalga oshirganda Iroq va Suriyada 20 dan ortiq tinch aholi vakili halok bo‘lgan va 13 nafari yaralangan. Bundan tashqari, Afg‘onistonda quruqlik va havo zarbalari oqibatida 108 kishi halok bo‘lgan va 75 kishi jarohat olgan.

Bundan tashqari, Pentagon tomonidan Somalida o‘tkazilgan harbiy operatsiyalar vaqtida tinch aholi vakillaridan ikki kishi nobud bo‘lgan, uch kishi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing