AQSH harbiy kontingentining yarmini Yevropadan olib chiqmoqchi
Olam
−
16:44 453 2 daqiqa
Yevropa mamlakatlarini 25 ming va undan ortiq amerikalik harbiy xizmatchilar tark etishi mumkin. Bu haqda yetti nafar amaldagi va sobiq amerikalik hamda g‘arblik mansabdor shaxslarga tayanib, NBC News telekanali xabar berdi.
Ikki manbaning bildirishicha, qisqartirish yanada kattaroq – 40 ming harbiygacha bo‘lishi mumkin. Bu AQSHning Yevropadagi kontingentining yarmiga yaqinini tashkil qiladi.
“Ehtimol, kontingentning qisqartirilishi Germaniya, Italiya va Ispaniyaga ta’sir qiladi”, deydi manbalar.
Bu uch mamlakatda AQSHning Yevropadagi qo‘shinlarining asosiy qismi joylashgan, ularning yetakchilari esa Eron bilan urush sababli AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan nizoga kirishgan.
AQSHning Yevropadagi harbiy ishtirokini tubdan qisqartirish rejasi, shuningdek, aviatsiya, kemalar va qurol-aslahalarni olib chiqishni ham nazarda tutadi. Agar bu amalga oshirilsa, ushbu qadam Sovuq urush tugaganidan beri Yevropadagi 80 ming kishilik Amerika harbiy ishtirokining eng salmoqli qisqartirilishi bo‘ladi.
Bugun, 18 sentyabr kuni Birlashgan kuchlar oliy bosh qo‘mondoni va AQSH Yevropa qo‘mondonligi rahbari Aleksus Grinkevich AQSHning Yevropadagi harbiy ishtiroki tahlili natijalarini Mudofaa vaziri Pit Hegsetga taqdim etadi.
NBC News baholashiga ko‘ra, Grinkevichning ma’ruzasida harakatlarning bir nechta ehtimoliy variantlari belgilab beriladi: Amerika aviatsiyasi, harbiy-deңiz kuchlari va quruqlikdagi qo‘shinlar yoki boshqa turdagi kuch va vositalar shaxsiy tarkibi sonini qisqartirish, yoki kontingentning bir qismini Yevropa ichida NATOning sharqiy qanotidagi mamlakatlarga qayta joylashtirish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH qo‘shinlarni olib chiqishdan oldin Iroq shimolidagi o‘z havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimlarini demontaj qilishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi