AQSH harbiy kemasida boshlangan yong‘in 4 kun o‘tib, o‘chirildi

Olam

image

AQSH Harbiy dengiz kuchlarining universal desant kemasi USS Bonhomme Richard (LHD 6) da boshlangan yong‘in oradan 4 kun o‘tib, o‘chirildi. Bu haqda AQSHning Tinch okeani floti qo‘mondonligi vakili kontr-admirali Filip Sobek ma’lum qildi.

“Hozir yong‘inni o‘chirdik deya olaman”, dedi Sobek matbuot anjumanida.

USS Bonhomme Richard kemasida 12 iyul, yakshanba kuni yong‘in boshlangandi. Kema texnik xizmat ko‘rsatishda bo‘lgan. Yong‘in vaqtida ming kishilik ekipajning taxminan 160 nafari kemada bo‘lgan.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida 60 nafar o‘t o‘chiruvchi va dengizchi yengil jarohatlangan. Yong‘in flotning jangovor shayligiga ta’sir qilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh yong'in kema

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing