AQSH harbiy kemasi husiylar uchirgan dronni urib tushirdi

Olam

image

AQSH harbiy-dengiz kuchlarining esminetsi Yamandagi husiylar nazorati ostidagi hududlardan uchirilgani taxmin qilinayotgan uchuvchisiz samolyotni Qizil dengizda urib tushirdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) matbuot xizmati xabar berdi.

“Qizil dengiz janubida AQSH harbiy-dengiz kuchlarining USS Carney esminetsi Yamanning husiylar nazorati ostidagi hududlaridan uchirilgan Eronda ishlab chiqarilgan KAS-04 uchuvchisiz samolyotini urib tushirdi”, deyiladi CENTCOM’ning X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotida. 

Qo‘mondonlikning qo‘shimcha qilishicha, dronning maqsadi noma’lum bo‘lgan. Biroq, u Amerika harbiy kemasi tomon yo‘l olgan. Dron urib tushirilishidan esminets va ekipaj jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq husiylar Isroilning Zodiac Maritime kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Central Park tankeriga yordamga kelgan AQSH harbiy-dengiz kuchlarining USS Mason esminetsi tomon ikki ballistik raketa uchirgandi. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Fors ko‘rfazida o‘zining USS Eisenhower aviatashuvchi kemasi yonida Eronga tegishli dronni payqagani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaman husiylar USS Carney

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing