AQSH har hafta Ukrainaga harbiy yordam yuboradi

Olam

image

AQSH Jo Bayden ketishidan oldin qolgan 7,1 milliard dollarlik yordamni ta’minlash uchun Ukrainaga har hafta qurol yuboradi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx brifingda ma’lum qildi.

Singxning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga yangi qurol-yarog‘ yetkazib berishni davom ettirish "Prezident bergan va’dadir".

“Ba’zi jihozlar va tizimlar Ukrainaga juda tez yetib boradi: kunlar va haftalar ichida. Ba’zi hollarda ko‘proq vaqt talab etiladi va bu bir necha oy davom etishi mumkin”, degan Pentagon rasmiysi.

Shu bilan birga, Oq uy yanvar oyida Bayden ketishidan oldin Ukrainaga ajratilgan harbiy yordamni 7 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ bilan ta’minlash Pentagon uchun qiyin vazifa bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

“Uzoq muddatli yetkazib berish tufayli Donald Trump hokimiyatga kelganidan keyin Ukraina Bayden tomonidan ajratilgan harbiy yordamning bir qismini oladi”, degan Oq uy.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati mudofaa bo‘yicha pudratchilarning Ukrainada ishlashiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgandi. Aniqlik kiritilishicha, pudratchilarning vazifasi Pentagon tomonidan Kiyevga yetkazib beriladigan zamonaviy qurollarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Ukraina harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing