AQSH hamon oldinda, Xitoyda esa bir kishi – koronavirusga oid eng so‘nggi yangiliklar
Olam
−
02 may 2020
7858So‘nggi 24 soat ichida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq qanday yangiliklar bor? Qanday voqea-hodisalar yuz berdi? Bularning bari QALAMPIR.UZ’ning 2 may kungi dayjestida.
Dunyoda koronavirusga chalingan bemorlarning 1,04 million nafari butunlay sog‘aydi. Jahonda infeksiyadan zararlanganlar soni 3,3 milliondan oshdi. AQSH ushbu ro‘yxatda peshqadamlik qilmoqda. mamlakatda 1082,411 nafar koronavirus yuqtirgan bemor mavjud. Undan keyingi o‘rinlarda Ispaniya (213 ming), Italiya (207 ming), Buyuk Britaniya (178 ming), Fransiya (167 ming), Germaniya (163 ming) va Turkiya (122 ming) bormoqda.
2020 yil 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus chalinganlar soni yana 11 nafarga ortdi hamda ularning umumiy soni 2086 nafarga yetdi. Mamlakatda bemorlarning 1212 nafari sog‘aydi, 9 nafari vafot etdi.
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, koronavirus bilan kasallangan 11 nafar bolaning ahvoli og‘ir, ikki bola epidemiya paytida vafot etgan. “Hozirgi vaqtda Federal reanimatsiya markazi nazorati ostidagi kasalxonalarda 11 bola og‘ir ahvolda qolmoqda. Ikki bola koronavirus epidemiyasi paytida vafot etgan”, deyiladi xabarda.
Qo‘shma Shtatlarda koronavirus keltirib chiqaradigan kasallik tufayli vafot etganlar soni qariyb 100 ming kishini tashkil qilishi mumkin, bu boradagi so‘nggi taxminlardan ancha yuqori. Buni AQSH Prezidenti Donald Tramp tan oldi. “Umid qilamizki, biz 100 ming marhumdan pastga tushamiz. Bu baribir dahshatli ko‘rsatkich”, dedi Amerika rahbari. Tramp 17 aprel kuni koronavirusning yangi turi tufayli kelib chiqqan kasallik, ehtimol AQSHda taxminan 60-65 ming kishining yostig‘ini quritishi mumkinligini aytgan edi.
Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish soni 1 may mahalliy vaqt bilan soat 23:20 (Toshkent vaqti bilan 22:20) ga ko‘ra, 3 597 kishini tashkil etmoqda. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha mintaqalar orasida birinchi o‘rinda Olma-ota bo‘lib, bu yerda 1150 ta holat qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda poytaxt Nur-Sulton (653) bormoqda.
Fransiyalik ayol 106 yoshida fransuz koronavirusdan tuzalishga muvaffaq bo‘ldi. Ivelin departamentidagi qariyalar uyida yashovchi Elen Lefevrning 15 aprel kuni koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Unda zaiflik va yuqori isitma kuztilgan. Ayol xonasida izolyatsiya qilingan va u shifoxonaga olib borilmagan. Hozirda Lefevr sog‘lom, uning ahvoli tashvish tug‘dirmaydi.
So‘nggi bir kun ichida Xitoyda faqat bitta koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 43 bemor sog‘ayib ketdi, so‘nggi kunda hech kim vafot etmadi. Bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasida xabar qildi. Hozirgi paytda qo‘shimcha 464 kishi kasal bo‘lib, ulardan yetti nafari og‘ir ahvolda qolmoqda..
LiveBarchasi