AQSH HAMASning kislorodini bo‘g‘adigan ma’lumot uchun mukofot e’lon qildi    

Olam

image

AQSH hukumati HAMASning mablag‘ olishiga to‘sqinlik qiladigan ma’lumot uchun 10 million dollargacha to‘lashga tayyor. Bu haqda "Reuters" axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, AQSH Davlat departamentining “Adolat uchun mukofotlar” dasturi HAMAS tashkilotining moliyaviy mexanizmlarini buzuvchi ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot taklif qilgan.

Jumladan, Davlat departamenti Falastin harakatining sarmoyaviy portfelidagi kompaniyalarni boshqaradigan HAMASning moliyaviy vositachilari, unga pul o‘tkazish va olingan daromadlarni “yuvish” bilan shug‘ullanadiganlar haqida ma’lumot so‘ramoqda.

Ayniqsa, HAMASning moliyaviy vositachilari bo‘lgan besh kishi – Sudan va Erondagi tuzilmalar bilan aloqador shaxslarning faoliyatiga oid dalillar AQSHni qiziqtirayotgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda AQSH “Putinning oshpazi” haqidagi ma’lumot uchun ham mukofot belgilagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh mukofot HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing