AQSH ham Turkiyaning YeIga qo‘shilishini qo‘lladi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Turkiyaga Yevropa Ittifoqining to‘liq a’zosi maqomini berishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi ma’lum qildi.

“AQSH har doim Anqaraning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan va bunda davom etmoqda”, deyiladi Oq uy munosabatida.

Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik kengashi Anqarani hamjamiyatga qabul qilish masalasi Turkiya va YeI davlatlari o‘rtasida hal qilinishi kerakligini aytgan.

"Bugungi kunda bizning e’tiborimiz NATOga a’zo bo‘lishga tayyor bo‘lgan Shvetsiyaga qaratilgan", deydi Oq uy.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi Turkiyani YeIga to‘laqonli a’zo qilish uchun harakat qilsa, Anqara Shvetsiyaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashini aytgandi. Shundan so‘ng NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Atlantika alyansi Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga intilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing