AQSH HHK generali yirik urushga tayyor turishga chaqirdi
Olam
−
13 Sentabr 2020
19515AQSH Harbiy havo kuchlari shtabining yangi boshlig‘i general Charlz Braun Rossiya yoki Xitoy bilan yuzaga keladigan harbiy mojarodagi ehtimoliy yo‘qotishlarni Ikkinchi jahon urushidagi talafot bilan solishtirdi. “Defense News” nashri general hisobotidan parcha keltirdi.
“Rossiya va Xitoy bilan kelajakdagi urushda g‘alaba qozonish uchun kelgusi tahdidlarda naf bermaydigan eski uskuna va dasturlardan voz kechish kerak”, deyiladi hisobotda.
Uning fikricha, byudjetga tushayotgan og‘irlik voz kechib bo‘lmaydigan tizimli murakkab qarorlar qabul qilishga undaydi. Avvalgi qadamlar rasmiy Moskva va Pekinga qarshi javob berolmaydi.
General imkoniyati AQSH bilan tenglasha oladigan mamlakat bilan urush so‘nggi yigirma yilda yuz bermasligini taxmin qilyapti.
“Kelajakdagi urush bizning chegaralardan uzoqda qolmaydi. HHK talafoti Ikkinchi jahon urushi bilan taqqoslanadigan xavfli urushga tayyor bo‘lishi shart”, degan general Charlz Braun.
LiveBarchasi