AI vazir sabab Albaniya parlamentida janjal chiqdi (video)

Olam

image

Kecha, 18 sentyabr kuni Albaniya parlamenti hukumat dasturini taqdim etish va yangi Vazirlar Mahkamasiga ishonch ovozi berish uchun yig‘ilish o‘tkazgan. Piksel va kodlardan tuzilgan, sun’iy intellekt orqali ishlaydigan virtual vazir “Diyella”ning nutqi muxolifat deputatlarining salbiy munosabatini keltirib chiqargan, ular stollarni urib, Bosh vazirga shishadan ishlangan konstitutsiyani uloqtirishgan va yig‘ilish to‘xtatilgan. Bu haqda “Albanian Times” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra,  24 soatlik bahs rejalashtirilgan bo‘lsada, sessiya 24 daqiqadan kamroq davom etgan. Albaniya Bosh vaziri Edi Rama sessiya dasturini taqdim etishdan oldin majlisni sun’iy intellekt vazir “Diyella”ga so‘z berish bilan boshlagan. Vazir sun’iy intellektni o‘z hukumatining shaffoflik va innovatsiyalarga intilishi ramzi sifatida taqdim etgan.

Muxolifatdagi deputatlar “Diyella” aslida hukumat uchun pul mablag‘larini yashirishning yangi usuli ekanini aytib, sun’iy intellektni qattiq tanqid qilgan. Shuningdek, siyosatchilar buni provokatsiya deb atagan va stollarni urib, hukumat vazirlari tomon narsalarni uloqtirgan. Bu noroziliklarni hatto palatada munozarani kuzatib o‘tirgan xorijiy ekspertlarning borligi ham to‘xtata olmagan.

Shuningdek, sun’iy intellekt vazir parlamentga murojaat qilib, u konstitutsiyaga zid emasligini ta’kidlagan va deputatlardan uning rolini oldindan baholamaslikni so‘ragan.

“Men odamlarga yordam berish uchun kelganman. To‘g‘ri, muayyan fuqaroligim yo‘q, biroq shaxsiy ambitsiya va manfaatlarim ham mavjud emas. Sizni ishontirib aytamanki, men nafaqat hamkasblarim darajasida, balki ulardan ham ko‘proq tajribaga egaman”, degan sun’iy intellekt vazir parlamentga qilgan murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning “Qayta tug‘ilishga yo‘l” siyosiy partiyasining asoschisi so‘nggi saylovda muvaffaqiyatsiz natija qayd etganidan so‘ng iste’foga chiqqan va uning o‘rniga yetakchi sifatida sun’iy intellekt tayinlangan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

janjal parlament vazir Albaniya AI “Diella”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing