Yaponiyada sun’iy intellekt siyosiy partiya yetakchisi bo‘ladi

Olam

image

Kecha, 16 sentyabr kuni Yaponiyaning “Qayta tug‘ilishga yo‘l” siyosiy partiyasining asoschisi so‘nggi saylovda muvaffaqiyatsiz natija qayd etganidan so‘ng iste’foga chiqdi va uning o‘rniga yetakchi sifatida sun’iy intellekt tayinlanadi. Bu haqda “The Japan Times ” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida Yaponiya g‘arbidagi kichik shaharning sobiq meri tomonidan tashkil etilgan “Qayta tug‘ilishga yo‘l” partiyasi rahbari Shinji Ishimaru so‘nggi saylovda yutqazgan va partiyani tark etgan.

Bu yilgi saylovda g‘olib chiqqan nomzod, Kioto universitetining 25 yoshli aspiranti Mitsutaka Okumura partiyaning yangi rahbari etib tayinlangan va u o‘z vakolatlarini darhol sun’iy intellektga topshirgan. U matbuot anjumanida partiyaning yangi rahbari sun’iy intellekt bo‘lishini e’lon qilib, o‘zi yangi rahbarning yordamchisi sifatida ishlashini aytgan.

Uning tushuntirishicha, sun’iy intellekt kelajakda partiyaning haqiqiy qarorlarini qabul qilish uchun javobgar bo‘ladi.

"Unga qanday vakolatlar berilishi, shuningdek, neyron tarmoq yetakchi funksiyalarini qanday bajarishga kirishishiga hozircha aniqlik kiritilmagan “Qayta tug‘ilish yo‘li” partiyasi ommaviy axborot vositalarining e’tiborini jalb qilish bilan birga, g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun kurash olib bordi”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Albaniya hukumati piksel va kodlardan tuzilgan, sun’iy intellekt orqali ishlaydigan virtual vazir tayinlagan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yaponiya sun'iy intellekt Shinji Ishimaru

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing