Aguero maydonga qayta olmasligi mumkin

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Serxio Aguero sog‘lig‘idagi muammolar sabab faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda “Satalunya Radio” nashri xabar berdi.

So‘nggi tekshiruvlar natijasida argentinalik futbolchining yuragi bilan bog‘liq muammolar tahmin qilinganidan ham jiddiyroq bo‘lib chiqqan. Futbolchining o‘zi endilikda maydonga tusha olmasligi xavfi borligi haqida allaqachon ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Aguero joriy yilning 30 oktyabr Ispaniya La ligasining 12 turidan o‘rin olgan “Alaves”ga (1:1) qarshi o‘yinning 41-daqiqasida ko‘krak qafasidagi noqulaylik va yengil taxikardiya tufayli almashtirilgan. Shundan so‘ng, shifoxonaga yotqizilgan va yuragi tekshirilib, kamida 3 oy maydonga tusha olmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Barsa”ning yangi murabbiyi Xavi Ernandes klub direktori Mateu Alemani bilan tizimdagi o‘zgartirish kerak bo‘lgan jihatlar haqida suhbatlashgan va futbolchilar singari jamoa shifokorlarining faoliyatidan norozi ekanliklarini ta’kidlashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Serxio Aguero Taxikardiya

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing