Agrobank raqamlashtirish jarayonida faol ish olib bormoqda

Biznes

image

Kundalik hayotimizda transformatsiya, raqamlashtirish, masofaviy boshqarish strategiyasi rivojlanishning asosiy bosqichiga aylanib ulgurdi. 

Bugungi bozor talabi, iste’molchilar istagi zamonaviy axborot texnologiya yutuqlaridan samarali foydalanishni taqozo etmoqda.

Agrobank ham bank xizmatlarni raqamlashtirishga, masofaviy xizmatlar ko‘lamini oshirishga katta e’tibor berib kelmoqda.

Ushbu muhim tashabbuslarni amaliyotga joriy etishda bir qator zamonaviy xizmatlarni O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib hayotga tadbiq etib kelayotganligini e’tirof etishimiz o‘rinlidir.

Bank tomonidan yaqinda joriy qilingan shunday qulayliklardan biri kartomat qurilmasidir.

Mazkur qurilma orqali mijozlar qisqa vaqt rejimida, tunu-kun bank xodimlarining yordamisiz, mustaqil ravishda Visa kartalarini olish imkoniyatini beradi.

Agrobank so‘nggi yillardagi mamlakatimizdagi bank xizmatlari sohasida birinchilardan bo‘lib taqdim qilgan xizmatlarini bir eslab o‘tsak:

•  Sberbank bilan hamkorlikda Rossiyadan O‘zbekistonga, UzCard va Humo kartalariga pul o‘tkazish;
 Humo va UzCard kartalaridan Rossiya kartalariga pul o‘tkazish;
•  Onlayn mikroqarz xizmati;
•  Humo kredit kartalari;
•  Multivalyutada Visa kartalari;
•  Humo va UzCard to‘lov tizimlarida Click bilan hamkorlikda kobrend kartalari;
•  Yuridik shaxslar uchun onlayn-kreditlar;
•  Mobil ilova orqali istalgan bankdagi hisob raqamlarga pul o‘tkazish xizmatilari shular sirasidandir.

Albatta, bankning eng asosiy maqsadi ham mijozlarga qulay, tezkor va sifatli zamonaviy bank xizmatlarni ko‘rsatishdir.

Reklama huquqi asosida

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Agrobank

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar