“Agrobank” bo‘lim boshlig‘i qariyb 100 mln so‘mni “rastrata” qildi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2019
6919Namanganda bank xodimi tadbirkor bilan birga bank mablag‘larini talon-taroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
“To‘raqo‘rg‘on A.T.” MCHJ rahbari G‘.T. (1981 y.t.) ATB “Agrobank” To‘raqo‘rg‘on tumani filiali bo‘lim boshlig‘i N.E. (1990 y.t.) bilan birgalikda ushbu bankdan 4 nafar fuqarolarning nomlariga jami 99,2 mln so‘m kredit pul mablag‘larini issiqxona qurish maqsadida olib, talon-taroj qilganliklari aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuraturaning iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan JKning 167-moddasi 2-qismi "b, v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi