“Agrobank” ATB xodimi qora kursida

Jamiyat

image

“Agrobank” ATB Izboskan filiali xodimi 245 nafar o‘qituvchilarni laqillatib, ular nomiga kredit rasmiylashtirib, pul o‘rniga kompyuter bergan. Uning jinoyati haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “Agrobank” ATB Izboskan filiali Front-ofisining bo‘limi boshlig‘i J.X., tumandagi maktablarning o‘qituvchilariga yillik mikroqarz krediti ajratish uchun soxta kredit hujjatlari tuzgan. U ushbu hujjatlar asosida 245 nafar o‘qituvchilarning har biriga naqd pulda 3 mln so‘mdan jami 735 mln so‘m mikroqarz ajratilishiga va pullarni bank kassasidan yechib olishiga erishgan. Lekin ushbu pullarni o‘qituvchilarga berish o‘rniga “Lenovo” rusumli noutbuklarni bergani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Bosh prokuratura Agrobank

Baholaganlar

150

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing