Agrippina Shinga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shinga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra:

Farrux Ahmadjonovich Boboyev Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib;

Oyatillo Zikrillayevich Rahmatillayev Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining o‘rinbosari etib;

Nodir Xojiyevich Musliddinov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 mart kuni Maktab va maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Agrippina Shin Maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Agrippina Shin o'rinbosarlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing