Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
28 dekabr 2024
7417Zafar Abdumajidovich Azimov Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, Zafar Azimov 1985 yilda Samarqand viloyati Samarqand shahrida tavallud topgan. U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, Zafar Sharopovich Ro‘ziyev viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Zafar Ro‘ziyev 1964 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tavallud topgan. U mazkur tayinlovga qadar 2019 yildan buyon Zarbdor tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida 2021 yildan bugungi kungacha Abdivalijon Saidovich Mustanov hamda viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2019 yildan bugungi kungacha Oybek Shodmonqulovich Ashurmatov ishlab kelgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘ayrat Abdullayevich Yo‘ldoshev “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. U tayinlovga qadar, G‘ayrat Yo‘ldoshev “O‘zbekneftegaz” AJ kapital qurilish va loyihalashtirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi