Agrar universitetining yana bir filiali ochiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:

Toshkent davlat agrar universiteti va Nukus, Andijon, Termiz filiallari tuzilmasini qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlanishini ta’minlaydi;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Termiz, Andijon shaharlarida filiallari ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Agrar universitet

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing