Agrar sohadagi OTMlarda 5 kunlik o‘qish tizimiga o‘tiladi

Jamiyat

image

Agrar sohadagi OTMda kredit-modul tizimi joriy etiladi, va ushbu sohada ta’lim oluvchi xorijiy fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt miqdori ikki barobarga kamaytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev “Agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirib o‘tilgan.

Yangi qarorga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagilar joriy etiladi:

•    agrar ta’limda bakalavriat yo‘nalishlarida kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tiladi. Bunda, ta’limning kredit tizimida haftada 5 kunlik o‘qish hamda shanba kunini mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilash;

•    xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalari va fan dasturlarini agrar soha OTMlari tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlash;

•    qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasi uchun magistraturada o‘qish muddatini 1 yil, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi iqtidorli talabalar uchun 2 yil etib belgilash;

•    Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi OTMlarga sohada 5 yillik stajga ega bo‘lgan xodimlarni tavsiyanoma asosida o‘qishga tavsiya etilganda o‘qish muddatini sirtqi ta’lim shaklida 4 yil etib belgilash hamda to‘lov-kontrakt miqdorini kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtirish;

•    tajriba-sinov tariqasida, Toshkent davlat agrar universitetida bakalavriat yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha masofaviy ta’lim olish tizimini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish;

•    xorijiy fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt miqdorini, istisno tariqasida, ikki barobarga kamaytirish;

•    bakalavriat yo‘nalishida kasbiy ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.

Shuningdek, qaror bilan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Agroinnovatsiya” DUK va Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “G‘o‘za urug‘chiligi markazi” negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi tashkil etildi.

Sohaga yangi ilmiy va innovatsion yutuqlarni, raqamli texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) strategiyasini amalga oshirish Milliy markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Agrar universitet

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing