Agrar universitet yonib kul bo‘lmoqda (video)
3-sahifa
−
30 Sentyabr 2024 72516 1 daqiqa
Bugun, 30 sentyabr kuni Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, soat 20:10 da Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17 da hodisa joyiga yetib borgan.
“Hozirda yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr