Agent “Real”ga Rafael Leauni sotib olishni taklif qildi

Sport

image

“Milan”ning portugaliyalik hujumchisi Rafael Leau va klub o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qoldi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport”  nashri xabar berdi. 

Leauning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yanvar oyida Leau “Milan”ning taklifini rad etdi. Futbolchi klubni chin dildan yaxshi ko‘radi, ammo taklif uning talablariga mos kelmadi. Tomonlar aprel-iyun oylarida yana muzoakara o‘tkazadi.

Taxminan bir oy oldin agent Jorje Mendesh “Real Madrid” vakillari bilan uchrashib, madridliklarga futbolchi xizmatlarini taklif qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Ispaniya klubi Leau bilan shartnoma imzolash niyatida emas, chunki Leau Vinisius Juniorning pozitsiyasida o‘ynaydi. Bundan tashqari, “Real”ning yozda boshqa rejalari ham bor. Masalan, “qirollik klubi” “Borussiya Dortmund”dan Jud Bellingemni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

23 yoshli Leau joriy mavsumda “Milan” safida barcha turnirlar doirasida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Rafael' Leau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing