Agar Rossiya yutqazsa nima bo‘ladi? So‘z Lukashenkoga
Olam
−
24 noyabr 2022
21982Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)ning kelgusi taqdiri Rossiyaning “maxsus harbiy operatsiyasi” natijalariga bog‘liq. Biroq tashkilot qulamaydi va harbiy-siyosiy maydonni tark etmaydi. Bu haqda Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko kecha, 23 noyabr kuni Armaniston poytaxti Yerevanda bo‘lib o‘tgan KXSHT Kollevtiv xavfsizlik kengashi yig‘ilishida so‘z ochdi.
“Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, KXSHT yashaydi. Xudo ko‘rsatmasin, u g‘alaba qozonmasa, KXSHT mavjud bo‘lmaydi”, deydi Belarus rezidenti.
U allaqachon KXSHTga a’zo mamlakatlarda ham jamoatchilik orasida bunday muhokamalar boshlanganiga e’tibor qaratdi. Lukashenkoning ta’kidlashicha, hatto bunday muhokamalar bo‘lmasligi kerak.
“Biz harbiy-siyosiy maydonni tark etmoqchi emasmiz. KXSHT mavjud bo‘ladi, hech kim hech qayerda qulab tushmaydi. Lekin bizga birlik kerak. Menimcha, agar Xudo ko‘rsatmasin, Rossiya qulab tushsa, bu vayronalar ostida bizning ham joyimiz bo‘ladi”, deydi Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 noyabr kuni Armaniston poytaxti Yerevanda Kollektiv xavfsiizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, tashkilot Bosh kotibi Stanislav Zas ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Nikol Pashinyan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) doirasida Ozarbayjonning Armaniston chegarasidagi xatti-harakatlari bo‘yicha konsensus yo‘qligi, bu esa ushbu tuzilmaning obro‘siga putur yetkazishini aytdi. U o‘z so‘zida oxirgi ikki yil davomida KXSHTga a’zo Armaniston Ozarbayjon tomonidan kamida uch marta agressiyaga uchragani, Armanistonning KXSHTga a’zo bo‘lishi Ozarbayjonni agressiv harakatlaridan qaytara olmagani, Ozarbayjonning Armanistonga bo‘lgan tajovuziga KXSHTning munosabati bo‘yicha bir qarorga kelinmagani, bu esa KXSHTning nufuziga katta zarar yetkazgani, buni Armanistonning KXSHTga raisligidagi asosiy muvaffaqiyatsizlik deb bilishini aytdi.
LiveBarchasi