Agar Rossiya frontni yorib o‘tsa, NATO Ukrainaga qo‘shin kiritadi – Makron

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron NATO harbiylarini Ukrainaga yuborishi mumkinligini tan oldi. U bu haqda "The Economist" nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Uning fikricha, Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa Ittifoqi kelajagini shubha ostiga qo‘yuvchi misli ko‘rilmagan tahdiddir.

"O‘z xavfsizligi haqida qayg‘urmas ekan, Yevropa halok bo‘lishga mahkum. YeI davlatlari yadro quroliga ega bosqinchi davlat (Rossiya) bilan bir qit’ada bo‘lishiga qaramay, mudofaasi uchun AQSH yoki Xitoyga qaraganda ancha kam mablag‘ sarflaydi. Yevroittifoq davlatlari hozirgidek AQSHdan himoyaga umid qila olmaydigan davrlar ham kelishi mumkin. O‘shanda ular o‘zini himoya qilishga majbur bo‘ladi", degan Fransiya Prezidenti.

Jurnalistning "G‘arb qo‘shinlarini Ukrainaga yuborishi mumkinmi?" degan savoliga Makron ijobiy javob bergan. 

"Men hech narsani istisno qilmayman, chunki biz hech nimadan tap tortmaydigan odam (Putin)ga qarshi urishyapmiz. NATO qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish g‘oyasini ham allaqachon bir nechta davlat vakillari qo‘llab-quvvatlagan. Rossiya Ukrainani mag‘lub etmasligi kerak. Kiyev ittifoqchilarining maqsadi ham shu. Hozirda qo‘shin yuborish masalasi kun tartibida emas. Agar ruslar frontni yorib o‘tib, Kiyevdan so‘rov kelmasa... Unda NATO davlatlari katta ehtimol bilan Ukrainaga qo‘shin kiritadi", degan u.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Prezident Frantsiya Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing