Agar Mbappe “Real”ga o‘tmaganida qaysi jamoada o‘ynashini aytdi
Sport
−
17 mart 1918 1 daqiqa
“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe 2024 yil yozida Madrid klubiga o‘tmagan taqdirda, o‘z kelajagi qanday bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda futbolchi “One football” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Men Parijda yetti yil o‘tkazdim va bu men uchun katta sharaf bo‘ldi. Balki men buni yetarlicha ko‘rsatmagandirman, ammo har doim qayerdan chiqqanimni va PSJ qanchalik buyuk klub ekanini unutmayman. Men doim bu klub Fransiyadagi eng kattasi va dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri ekanini aytib kelganman.
Keyin esa men dunyoning eng yirik klubi – “Real Madrid”ga o‘tdim. Ammo har doim aytganman: PSJni faqat bitta klub uchun tark etaman – bu ham bo‘lsa “Real Madrid”. Agar men Madridga o‘tmaganimda, PSJda qolgan bo‘lardim. Bu klubda o‘ynash mening orzum edi va men bundan juda xursandman.
Hozir ham PSJ o‘yinlarini kuzatib boraman. Jamoada do‘stlarim bor va ular ayni paytda juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishyapti”, deya Mbappe.
Ma’lumot uchun, fransiyalik hujumchi “qirollik klubi” safida joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi