Agar xalq xohlasa, Armaniston hukumati iste’foga chiqadi - Pashinyan

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan hukumat faqat xalq xohlasagina iste’foga chiqishini aytdi. Bu haqda u parlament parkidagi muxolifat mitingi chog‘ida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

“Agar Armaniston Respublikasi xalqi hukumat o‘zgarishini xohlasa, bu o‘zgarish albatta amalga oshishini o‘n martalab aytganman”, deydi Bosh vazir.

Pashinyan, shuningdek, parlament binosi yaqinida ko‘p sonli politsiya kuchlari va maxsus texnikaning to‘planganini “qonun chiqaruvchi hokimiyatning normal ishlashini ta’minlash” zarurati bilan izohladi.

Eslatib o‘tamiz, Armaniston poytaxti Yerevanda 30 may kuni “Tavush Vatan nomi bilan” harakatining norozilik mitingi bo‘lib o‘tgandi. Buning oqibatida namoyishchilar to‘plangan Respublika maydonida keskin vaziyat yuzaga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Pashinyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing