Agar G‘arb Ukrainaga yordam bermasa, chekinishga majbur bo‘lamiz – Zelenskiy

Olam

image

Vladimir Zelenskiy G‘arb davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, mamlakat qurolli kuchlari chekinishga majbur bo‘lishini aytdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Isroil va HAMAS mojarosi  boshlanganidan so‘ng, G‘arb mamlakatlari Kiyev rejimiga e’tiborsiz bo‘lib qolganini aytib o‘tgan. 

“Hozir bor e’tiborimizni G‘arbdan yordam olishga qaratganmiz. Ularning diqqati Yaqin Sharqdagi vaziyat va boshqa sabablarga ko‘ra bo‘lingan. Ularning yordamisiz biz chekinamiz”, deya Zelenskiy so‘zlarini keltirgan “Bloomberg”.

Shuningdek, agentlik allaqachon Ukraina hududida sovuq harorat hukm surayotgani, qurolli kuchlar qishki urushga tayyor emasligini qo‘shimcha qilgan. Unga ko‘ra, Kiyevda 155 millimetrli snaryadlarning keskin tanqisligi kuzatilmoqda, hozirda ularni yetkazib berish sezilarli darajada kamaygan. Biroq Zelenskiy so‘nggi haftalarda ittifoqchilarni vaziyat o‘nglanishiga ishontirishga harakat qilmoqda.

Aytish joiz, joriy yilning 16 noyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden federal byudjetni vaqtincha moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzolagandi. Unda Ukrainaga beriladigan yordam uchun mablag‘ ajratish belgilanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron bilan uchrashuvda Falastin-Isroil mojarosi boshlanganidan keyin dunyo Ukrainadagi harbiy amaliyotlarga u qadar e’tibor qaratmaganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing