Agar Fransiya tarkibida o‘ynaganimda “oltin to‘p” uchun kurashardim – Mendi
Sport
−
10 noyabr 2021
3271“Chelsi” va Senegal terma jamoasi darvozaboni Eduard Mendi nima uchun “Oltin to‘p”ga da’vogarlarning kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilmagani haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Bu meni rag‘batlantiradi va yanada olg‘a intilishga undaydi. Lekin bir narsa aniqki, agar men Fransiya terma jamoasi safida Yevro-2020 musobaqasida qatnashganimda “oltin to‘p” uchun kurashardim va kengaytirilgan ro‘yxatga kiritilmasligimni muhokama qilmagan bo‘lardik”, deydi Mendi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda 29 yoshli Mendi UEFA chempionlar ligasida to‘qqizta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Bu turnirda ishtirok etgan darvozabonlar uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuningdek, u YeCHL finalida o‘ynagan ilk afrikalik darvozabondir.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasi va Yevropa superkubogida zafar quchgan Mendi joriy mavsumda 15 uchrashuvda maydonga tushib, ularning 9 tasida gol o‘tkazib yubormagan.