Afsusdaman – Erdo‘g‘an Nazarboyevga telegramma yo‘lladi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning koronavirusga qarshi muolajalari davom etmoqda. Bu orada davlat rahbarlari uning holidan xabar olmoqda. Kecha, 18 iyun kuni Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qirg‘iziston Prezidenti Sooronboy Jeenbekov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevning salomatligidan xavotirlanib, unga sog‘lik tilagan bo‘lsa, bugun, 19 iyun kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Nazarboyevning tezroq oyoqqa turishini tiladi. 

Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidentiga salomatlik tilab, maktub yo‘lladi.  

“Betob ekaningiz haqidagi xabarni eshitganimdan afsusdaman. Men Qodir Allohdan tezroq shifo topishingizni so‘rayman. 

Ishonchim komilki, kuchli irodangiz bilan siz ushbu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tasiz. Sizga doim yordamga qo‘l cho‘zishga tayyor ekanimni bildirishni istayman. 

Turk xalqi va o‘z nomimdan chuqur hurmatimni izhor etib, tezroq sog‘ayib ketishingizni tilayman”, deyiladi maktubda.

Yuqorida nomlari keltirilgan davlat rahbarlarini nafaqat yaqin qo‘shnichilik, qardoshlik, balki 10 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi ham bog‘lab turadi. O‘zbekiston ushbu kengashga 2019 yilda a’zo bo‘ldi. 2019 yilning oktyabr oyida Ozarbayjonning Baku shahrida o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida Nursulton Nazarboyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan “Turkiy kengashning bir umrlik faxriy raisi” sifatida e’lon qilindi

Sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining faxriy raisi ekanini anglatuvchi “Turk dunyosining eng oliy ordeni”ni topshirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing