Afsonaviy stadion buzilmaydigan bo‘ldi

Sport

image
0:00
0:00
download

Milan shahridagi “San-Siro” stadionining ikkinchi qavati 70 yillik tarixga ega bo‘lgani va qonuniy himoyalangani uchun arena 2025 yildan keyin buzilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Italiyaning Lombardiya mintaqaviy madaniy meros komissiyasi ma’lum qildi.

Shunday qilib, “Milan” va “Inter” klublari yaqin orada stadionni buzish bo‘yicha dastlabki rejalarini amalga oshira olmaydi. Endi ikki klub ham yangi uy arenasini “San-Siro”dan uzoqroq hududda qurish majburiyatini oladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, katta ehtimol bilan “Inter” Rozzanoda, “Milan” esa San-Donato hududida yangi stadion qurish ishlarini boshlaydi. 

Ma’lumot uchun, “San-Siro” 1926 yilda bunyod etilgan. Arena 1956 va 1989 yillarda qayta rekonstruksiya qilingan. Stadion o‘z bag‘riga 76 mingga yaqin muxlisni sig‘dira oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Inter San-Siro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing