Afsonaviy Roberto Karlos Oston O‘runovni to‘yi bilan tabrikladi (video)
Sport
−
30 sentabr 2022 15691 1 daqiqa
Braziliya terma jamoasi va “Real Madrid” klubining sobiq futbolchisi Roberto Karlos Oston O‘runovni to‘yi bilan tabrikladi. Oston Karlosning video tabrigini Instagram'dagi rasmiy sahifasiga joylagan.
“Real Madrid”ning sobiq futbolchisi O‘runov va uning turmush o‘rtog‘i Hilolaga baxtli hayot tilagan.
Qayd etish kerakki, Roberto Karlos jahon futboli tarixidagi eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri hisoblanadi. U professional faoliyati davomida “Real Madrid”, “Inter”, “Anji” kabi klublarda to‘p tepgan.
Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov joriy yilning 28 sentyabr kuni uylangan edi.
Ma’lumot uchun, Oston O‘runov 2000 yilning 19 dekabrida Navoiy viloyatida tug‘ilgan. U 2019 yildan beri O‘zbekiston terma jamoasi safiga jalb qilinadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust