Afsonaviy qo‘shiqchi va shoumen vafot etdi

Olam

image

Kecha, 1 oktyabr kuni chexiyalik mashhur qo‘shiqchi va shoumen Karel Gott 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda jurnalistlarga uning prodyuseri Aneta Shtolsova ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

"Karel Gott seshanba kuni yarim tundan oldin vafot etdi," dedi u.

So‘nggi yillarda san’atkor saraton kasalligi bilan kurashdi. Ijodiy faoliyati davomida u 2 mingdan ortiq qo‘shiq yozgan. Gottning 200 dan ortiq albomi Chexiyada chiqarilgan.

Shu jumladan Ta prava (2018 yil iyun). Yozuvlar bilan jami 30 million audio mahsulot xorijda sotilgan. Eng ko‘p sotilgan albomi 1977 yilda SSSRda chiqarilgan Karel Gott (4,5 million nusxa). Gott o‘zi o‘ynagan 20 dan ortiq filmlarda asosan komek rollarda o‘ynadi.

Ma’lumot uchun, Karel Got 1939 yilning 14 iyulida Chexiyaning Plzen shahrida tug‘ilgan.

Yoshligida u tramvay tizimlarida elektrotexnika bo‘yicha tahsil olgan va o‘qish paytida havaskorlik tomoshalarida qatnasha boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Karel Gott mashhur qo'shiqchi

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing