Afsonaviy Inestaga haykal qo‘yildi

Sport

image

Ispaniyada futbol bo‘yicha jahon va Yevropa chempioni Andres Inesta haykali ochildi. Marosim yarim himoyachining tug‘ilgan Albasete provinsiyasida bo‘lib o‘tdi. 

Haykalni yaratishda Andresning 2010 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniya va Niderlandiya (1:0) o‘yinida g‘alaba golini kiritgan paytidagi epizoddan ilhomlanilgan. O‘shanda futbolchining 116-daqiqada urgan goli Ispaniya terma jamoasiga mundialdagi ilk g‘alabasini keltirdi.

“Juda hissiyotli va o‘zgacha kun, bu menga hammasini qayerdan boshlaganimni va bosib o‘tgan yo‘limni eslatadi. Futbolimiz uchun tarixiy lahza”, deb yozdi Inesta ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi sifatida Inesta jahon chempioni va ikki karra Yevropa chempionati sovrindoriga aylangan.

2002 yildan 2018 yilgacha yarim himoyachi “Barselona”da o‘ynadi, u kataloniyaliklar bilan 9 karra Ispaniya chempioni, 4 karra Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi va olti marta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Keyin Inesta Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubiga o‘tdi. Ayni paytda 40 yoshli futbolchi Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat yuritmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andres In'esta Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made