Afsonaviy “Golden boy” ringga qaytmoqda. Raqib sobiq UFC chempioni

Sport

image

Professional boksda olti vazn toifasida sobiq jahon chempioni "Golden boy" laqabi bilan mashhur charm qo‘lqop ustasi Oskar De La Xoyya uzoq tanaffusdan so‘ng yana professional boksda jang o‘tkazadi.

U joriy yilning 18 cyentyabr kuni o‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni braziliyalik Vitor Belfort bilan  Meksikaning mustaqillik kuniga bag‘ishlangan Triller Fighting Club’da bo‘lib o‘tadigan maxsus boks kechasida ringga ko‘tariladi. Har ikkala tomon jang qilishga kelishib olgan.

Jang haqida boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan. 48 yoshli De La Xoyya 2008 yildan buyon birinchi marta ringga ko‘tariladi. So‘nggi marta Menni Pakyao bilan jangda texnik nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgandi.

U professional boksda 45 bor jang o‘tkazib, 39 tasida raqiblarini mag‘lub etgan va 6 bellashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Hozirda “Golden boy” promouterlik kompaniyasini boshqaradi.

Ma’lumot uchun, Oskar De La Xoyya o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyevning promouteri hisoblanadi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UFC

Baholaganlar

247

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing