Afsonaviy Chusovitina yana shohsupaga chiqdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi yakunlandi. O‘zbekistonlik sport afsonasi Oksana Chusovitina bahslarni medal bilan yakunladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Chusovitina tayanib sakrash dasturida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ikki urinish natijasiga ko‘ra, Oksananing chiqishi hakamlar tomonidan 13,433 ball bilan baholandi. U faqatgina fransiyalik Kolin Devallardan kamroq ball to‘pladi. Shu tariqa, Chusovitina qatorasiga uchinchi bor Jahon kubogida shohsupaga ko‘tarildi. Bundan avvalgi bosqichlarda u bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.

Tayanib sakrash, ayollar:

Kolin Devallar (Fransiya) – 13,683;

Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 13,433;

Linmin Yu (Xitoy) – 13,383.


Maqola muallifi

Teglar

sport gimnastikasi Chusovitina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing