Afsonaviy Brayant va qiziga haykal o‘rnatildi

Sport

image

Kecha, 27 yanvar kuni “Los-Anjeles Leykers”ning sobiq basketbolchisi Kobi Brayant va uning qizi Janna xotirasiga ular aviahalokatga uchragan joyda yodgorlik o‘rnatildi. 

Yodgorlik haykaltarosh Den Medina tomonidan yaratilgan. Unda Kobe o‘zining Leykers libosida qizi Janna bilan ketayotgani tasvirlangan va u ham sport formasida, qo‘lida basketbol to‘pini ushlab olgan. 

Haykal Kaliforniya shtatining Kalabazas shahrida, ular vertolyot halokatiga uchragan kunga ikki yil to‘lishi munosabati bilan o‘rnatilgan. Bortda Kobi va Jannadan tashqari yana yetti kishi bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, memorialda 2020 yil 26 yanvarda sodir bo‘lgan vertolyot halokatida vafot etganlarning ismlari yozib qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, barcha davrlarning eng buyuk basketbolchilaridan biri sifatida tanilgan Brayant besh marta NBA chempionligini qo‘lga kiritgan, 18 karra “All-star”, 15 karra “All NBA” jamoasiga kiritilgan. Kobi 2008 yil NVA’ning eng qimmat o‘yinchisi (MVP) va ikki marta NBA to‘purari bo‘lgan. Kobi vafotidan keyin 2020 yilda “Neysmit” basketbol shon-shuhrat zaliga kirtilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Basketbol Brayant Janna Den Medina

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing