Afrikada bubonik vabo epidemiyasi boshlandi
Olam
−
19 fevral 2021
6272Kongo Demokratik Respublikasida bubonik vabo epidemiyasi boshlandi. “Jeune Afrique” bu haqda Ituriy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Patrik Karamuraning bayonotiga asoslanib yozmoqda.
Bundan tashqari, Afrika mamlakatida pnevmoniya va septik vabo bilan kasallanish holatlari qayd etilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 520 dan ortiq odam uni yuqtirgan, 31 kishi vafot etgan.
Nyu-Yorkda joylashgan “Ekologik salomatlik alyansi” nodavlat tashkilotining epidemiologi Anna Lodisuaning so‘zlariga ko‘ra, yuqtirish holatlari 2020 yil 15 noyabrdan 13 dekabrgacha paydo bo‘la boshlagan. Infeksiyani yuqtirganlarning o‘rtacha yoshi – 13 yosh. Bu holatlar orasida eng baland yosh esa 73.
Avvalroq, joriy yilning 14 fevral kuni Gvineya Hukumati mamlakatda Ebola bezgagi epidemiyasi boshlanganini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi