Afrika kubogi finalidagi voqealar uchun 18 muxlis qamaldi
Sport
−
21 fevral 1003 1 daqiqa
Marokash sudi Afrika kubogi finali paytida qoidabuzarlikda ayblangan 18 nafar Senegal muxlisini qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, sudlanuvchilar uch oydan bir yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan. Ular bezorilik, zo‘ravonlik, jumladan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik, sport infratuzilmasiga zarar yetkazish, maydonga noqonuniy kirish va begona narsalarni uloqtirishda aybdor deb topilgan.
9 nafar muxlisga bir yillik qamoq jazosi va 5 000 dirham (taxminan 460 yevro) jarima, 6 nafariga olti oylik qamoq jazosi va 2 000 dirham (taxminan 180 yevro) jarima va 3 nafariga esa uch oylik qamoq jazosi va 1 000 dirham (taxminan 90 yevro) jarima jazosi tayinlangan.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ayblovlar asosan videokuzatuv kameralari yozuvlari hamda jarohatlangan huquqni muhofaza qilish organlari va xavfsizlik xodimlarining tibbiy ma’lumotnomalariga asoslangan.
Xabarlarga ko‘ra, yetkazilgan moddiy zararning umumiy miqdori 370 ming yevrodan oshgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senegal terma jamoasi bosh murabbiysi Pap Tiav Marokashga qarshi Afrika kubogi final uchrashuvidagi xatti-harakatlari uchun besh o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan va 100 ming dollar jarimaga tortilgandi.