Afg‘onistonning yangi Bosh vaziri kimligi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

“Tolibon” harakati hokimiyatni qo‘lga olgan Afg‘onistonning yangi Bosh vaziri mulla Muhammad Hasan Oxun bo‘lishi mumkin. Bu haqda Pokistonning “The News” gazetasi manbalariga tayanib xabar bergan.

Bu qaror toliblarning oliy rahbari mulla Xibatulla Oxunzoda tomonidan qabul qilingan. 

“Amir-ul Mo‘minin” Shayx Xibatulla Oxunzodaning o‘zi bu lavozimni mulla Muhammad Hasan Oxunga taklif qilgan. Mulla Barodar Oxun va mulla Abdus Salam uning o‘rinbosarlari bo‘lib ishlaydi”, deyilgan xabarda.

Mulla Muhammad Hasan Oxun hozirda “Tolibon”ning nufuzli organi — Sho‘ro rahbari. U asli “Tolibon”ning “beshigi” Qandahordan. Mulla Muhammad Hasan Oxun harakat qurolli qo‘zg‘olonining yetakchilaridan biri bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, toliblar nomzodni e’lon qilish uchun kecha, 6 sentyabr kuni barcha tayyorgarliklarni amalga oshirgan, lekin jarayon “ba’zi muqarrar” sabablarga ko‘ra kechiktirilgan. Yangi hukumat ertaga, 8 sentyabr kuni “yoki kechroq” e’lon qilinadi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Tolibon” mamlakat rahbarini tayinlash borasidagi kelishmovchiliklar fonida ma’qul nomzodni topishga urinmoqda va mulla Oxun bunga mos.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

428

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing