Afg‘onistonning Tehrondagi elchixonasi rasman “Tolibon”ga topshirildi

Olam

image

Afg‘onistonning Eron poytaxti Tehrondagi elchixonasi rasman “Tolibon” vakillariga topshirildi. Bu haqda “TOLOnews” telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Tolibon” vakillari elchixonada 27 fevral kuni ishlay boshlagan. Afg‘onistonning avvalgi rasmiylari tomonidan tayinlangan diplomatik missiya a’zolari elchixonani tark etgan.

“Tolibon” yetti nafar xodimni Tehrondagi elchixonada ishlash uchun yuborgan. Ularga Fazl-Muhammad Haqqoniy boshchilik qiladi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston elchixonasi xodimlarining o‘zgarishiga Eron rasmiylarining aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan. Shuningdek, vazirlik elchixonaning ko‘chirilishi Afg‘onistonning ichki muammosi ekanini aytgan.

“TOLOnews” agentligi Afg‘oniston TIV vakiliga tayanib, Afg‘onistonning Istanbuldagi konsulligi ham “Tolibon” nazoratiga o‘tganini xabar qildi. Missiyaga Gulmat-Xon Zadran boshchilik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing