Afg‘onistonning ikkinchi Prezidenti Ashraf G‘anini “iste’foga chiqardi”
Olam
−
12 mart 2020
12464Afg‘onistonning ikkinchi Prezidenti Abdulla Abdulla mamlakatning birinchi Prezidenti Ashraf G‘anining faoliyati yakunlanganini e’lon qildi. Bu haqda "ToloNews" xabar berdi.
Abdulla Abdullaning e’lon qilingan bayonotida Ashraf G‘ani boshchilik qilgan milliy birdamlik hukumatining faoliyati yakunlangani va tez orada inklyuziv hukumatning ijrochi rahbari e’lon qilinishi bildirilgan.
“Milliy birdamlik hukumatining sobiq Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani endi Prezident emas hamda uning qaror va farmonlari hech qanday kuchga ega emas”, degan Abdulla.
Prezident saroyi Matbuot kotibi Sediq Sediqqi Ashraf G‘ani ijro hokimiyati rahbari Abdulla Abdullaning vakolatlarini to‘xtatish haqida qaror imzolaganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda ikki kishining bir vaqtda Prezident sifatida qasamyod qilgani haqida xabar bergan edik. Gap shundaki, Abdulla Abdulla o‘tkazilgan saylovlarda 40 foiz ovoz oldi. Biroq u saylovlar soxtalashtirilgan deb, Prezidentlikka da’vo qildi.
LiveBarchasi