Afg‘onistonning Amerika banklaridagi milliardlari “muzlatib” qo‘yildi

Olam

image

AQSH ma’muriyati Amerika banklaridagi Afg‘oniston hukumatining davlat zaxiralarini “Tolibon” harakati vakillariga o‘tib ketmasligi uchun muzlatib qo‘ydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, gap milliard dollarlar haqida ketmoqda. Ushbu davlat zaxiralarini muzlatib qo‘yish haqidagi qaror AQSH G‘aznachilik kotibi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, uni muhokama qilishda Davlat departamenti ham ishtirok etgan.

Amerika ma’muriyatiga ko‘ra, AQSH Markaziy bankidagi Afg‘oniston hukumatining aktivlari “Tolibon”ga berilmaydi.

Valyuta jamg‘armasining ma’lum qilishicha, joriy yilning aprel oyi oxirida Markaziy bankda Afg‘onistonning yalpi zaxiralari 9,4 milliard dollarni tashkil qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tuzmoqchi. Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing