Afg‘onistonliklar 2 kg “opiy”ni dron orqali O‘zbekistonga o‘tkazmoqchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Amudaryo orqali 2 kg 32 gr narkotik moddani dronda O‘zbekistonga olib o‘tishga urinish to‘xtatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yilgan. Aniqlanishicha, afg‘onistonlik noma’lum shaxslar Amudaryo orqali giyohvandlik vositalarini dron qurilmasi yordamida O‘zbekiston hududiga o‘tkazishga uringan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu noqonuniy harakat o‘z vaqtida fosh etilib, uchuvchisiz uchish apparatiga mahkamlangan 2 kg 32 gr “opiy” moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida daladagi xufiya joydan sintetik narkotikni qazib olgan xorijlik qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing