Afg‘onistondan qurollangan necha kishi O‘zbekistonga kirdi?

Jamiyat

image
Dunyo AQSH mag‘lubiyatidan so‘zlamoqda. Afg‘oniston “Tolibon”ga qoldimi? north_east

Dunyo AQSH mag‘lubiyatidan so‘zlamoqda. Afg‘oniston “Tolibon”ga qoldimi?

Qo‘shni Afg‘oniston Islom Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasi chegarasini buzib o‘tgan harbiy va qurollangan shaxslarning soni umumiy hisobda 150 ga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun, 12 iyul kuni OAV uchun brifingda ma’lum qildi.

“23 iyundan boshlab bir necha bor afg‘on harbiylari va qurollangan shaxslari O‘zbekiston chegarasini noqonuniy buzib o‘tmoqchi bo‘lgan. Shu kunga qadar ularning umumiy soni 150 ga yetdi. Tegishli tergov va surishtiruv ishlari olib borilganidan keyin ularning barchasi xalqaro qonunchilikka muvofiq, o‘z vataniga qaytarib yuborildi”, deydi Sherzod Asadov. 

Eslatib o‘tamiz, afg‘onistonlik harbiylarning birinchi marta O‘zbekistonga qochib o‘tishi joriy yilning 23 iyun kuni yuz berdi. O‘shanda 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar Afg‘onistonning Sho‘rtepa tumani hududidan O‘zbekistonga o‘tgan.

Bundan tashqari, joriy yilning 26 va 27 iyun kunlari yana yuqoridagi holat takrorlanib, mos ravishda 3 va 44 nafar afg‘on harbiylari chegarani buzib O‘zbekiston hududiga kirib kelgan. 

Qayd etish kerakki, Afg‘oniston harbiylarining chegarani buzib, nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa qo‘shni davlatlarga ham kirib borishi mamlakatda faollashib qolgan “Tolibon” harakati bilan bog‘liq. Gap shundaki, toliblar Afg‘oniston tumanlarini birin-ketin egallamoqda. Ayni vaqtda ular mamlakatning 85 foizini nazorat qilayotganini ta’kidlamoqda. Bunga esa hukumat qo‘shinlari qarshilik ko‘rsatyapti va vaqti kelsa, yuqoridagi holatlar kabi qo‘shni Respublikalarga ham qochib o‘tishga majbur bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1324

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing