Afg‘onistondan Termizga raketadan hujum qilindimi? Sherzod Asadov bayonot bilan chiqdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston tomonidan O‘zbekistonning ushbu mamlakat bilan chegaradosh Termiz shahridagi mudofaa ob’ektlariga ISHID terroristik guruhi raketa hujumi uyushtirgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi raisi o‘rinbosari - Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov bayonot berib, ushbu xabarlar yolg‘on ekanini urg‘uladi.

“Ayrim Telegram-kanallar tomonidan Termiz shahri atrofida O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston hududidan raketalar bilan o‘qqa tutilgani to‘g‘risida tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Chegara qo‘shinlari bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida hech qanday harbiy faollik kuzatilmayapti, vaziyat barqaror.

Provokatsiyalarga berilmasligingizni so‘raymiz”, deb yozadi Asadov.


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Asadov

Baholaganlar

3059

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing