Afg‘onistondan kirganlar 10 kun davomida vizasiz O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin
Jamiyat
−
14 noyabr 2020
6237O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududini qisqartirish hisobiga quyidagilar tashkil etildi:
• “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi;
• “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi.
Termiz xalqaro savdo markazi hududida, jumladan:
• zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, saralash va qadoqlash xizmatlari va elektron savdo portallari tashkil etiladi;
• “yagona darcha” va boshqa xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi;
• Afg‘onistondan kiruvchi shaxslarning, istisno tariqasida, O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, shaxsiy va pasport nazoratidan o‘tgan holda 10 kun davomida hududda bo‘lish tartibi joriy etiladi;
• tadbirkorlar tomonidan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilinadigan hamda Afg‘onistonga olib chiqiladigan tovarlar va xizmatlar eksportga tenglashtiriladi;
• chet el tovarlari “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimiga rasmiylashtirish orqali joylashtiriladi hamda, istisno tariqasida, ushbu tovarlar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat etiladi;
• Termiz xalqaro savdo markazi hududiga Afg‘oniston tomonidan kirish va undan chiqish “Termiz-avtoyo‘l” o‘tkazish punktidan maxsus texnik vositalari bilan jihozlangan alohida yo‘lak (koridor) orqali amalga oshiriladi.
Farmon bilan Toshkent shahrining Sergeli tumanida Sergili industrial parki kichik sanoat zonasi tashkil etilishi belgilandi.
LiveBarchasi