Afg‘onistondan keladigan tahdidlarga qarshi chora ko‘rish zarur – Imomali Rahmon
Olam
−
17 Sentabr 2021
6925“Tolibon” harakati Afg‘onistonning etnik xilma-xilligiga e’tibor bermayapti. Bu haqda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Shanxay hamkorlik tashkilotining yubiley sammitida ma’lum qildi.
“Afg‘onistondagi vaziyat alohida tashvish tug‘diradi, bu yerda siyosiy vaziyat bilan bir qatorda yaqin tarixdagi eng yirik gumanitar inqiroz ro‘y berdi.
Afg‘oniston hukumati tarkibi to‘g‘risidagi so‘nggi qaror “Tolibon” harakati mamlakatning etnik xilma-xilligiga e’tibor bermay, bir etnik guruh hukmronlik qiladigan hukumat tuzish yo‘lidan ketayotganini aniq ko‘rsatib turibdi. Tojikiston Afg‘onistondan kelib chiqadigan tahdidlarga qarshi aniq choralar ko‘rish zarur, deb hisoblaydi”, degan Prezident.
Ma’lumot o‘rnida, ayni daqiqalarda Tojikiston poytaxtida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining yig‘ilishi o‘tkazilyapti. Kun tartibida bir nechta masalalar bor. Davlat rahbarlari 20 yillik yubileyini nishonlayotgan SHHT faoliyatini ham, xalqaro maydondagi voqealarni ham muhokama qiladi. Eng dolzarb muammolar orasida COVID-19 pandemiyasi va Afg‘oniston inqirozi bor. Yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda.
LiveBarchasi